2022-2026 yillarga mo’ljallangan Yangi O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasining eng muhim ustuvorliklarini ijrosini ta’minlash maqsadida amalga oshirilayotgan islohotlarda faol ishtirok etayotgan, salmoqli yutuqlarga erishgan, samarali ilmiy faoliyatini munosib rag’batlantirish maqsadida, “Best Publication” MChJ tashabbusi bilan Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligi (MDH) miqyosida tashkil etilgan «Eng yaxshi Ilmiy tadqiqotchi», "Ilm-fan sohasidagi xizmatlari uchun", “Intellektual izlanuvchi” , "Tashabbuskor islohotchi" kabi MDH xalqaro ilmiy-amliy ko'rik tanlovlari
21 ta yo'nalishda MDH (ya'ni 14 ta) mamlakatlarining yoshlari ishtirokida bo‘lib o‘tadi. Ushbu tanlovga 35 yoshga qadar bo'lgan doktorant, aspirant, magistr hamda bakalavr talabalari va mustaqil izlanuvchilar qatnasha oladi.
Tanlov nizomiga ko'ra:
Innovatsion gʻoya va texnologiyalarni rivojlantirish, amaliyotga tatbiq etishga munosib hissa qoʻshgan iqtidorli yoshlarni jalb qilish, ularning innovatsion faoliyatini ragʻbatlantirish va erishgan yutuqlarini munosib taqdirlash maqsadida Innovatsion rivojlanish vazirligi yurtimizdagi
➡️ yosh olimlar
➡️ talabalar
➡️ tashabbuskor fuqarolarni
“Innovatsion gʻoyalar yetakchisi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlaydi.
Buning uchun sizdan quyidagilar talab qilinadi
📝 Tanlovning 1-bosqichi uchun loyiha va uning muallifi toʻg’risidagi ma’lumotlarni:
☑️ Agar siz tashabbuskor fuqaro bo’lsangiz istiqomat qiladigan tuman yoki shahar hokimligiga xujjatlarni taqdim etasiz.
☑️ Talaba yoki yosh olimlar esa ta’lim olayotgan oliy taʼlim muassasalarida tuzilgan komissiyaga taqdim etishlari lozim.
Koʻkrak nishoni bilan taqdirlashda ishtirok etuvchi yosh olimlar va talabalar hamda tashabbuskor fuqarolar quyidagi xujjatlarni taqdim etadilar:
Taqdim etilgan xujjatlarning toʻgʻriligiga va haqqoniyligiga arizachining shaxsan oʻzi javobgan hisoblanadi.
Tanlov haqida BATAFSIL MA`LUMOT