O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston iqtidorli yoshlarini taqdirlash va moddiy rag‘batlantirish to‘g‘risida” gi qaroriga ko‘ra har yili mamlakatimizda qobiliyatli yoshlarni rag‘batlantirish, ularni faol yaratuvchilik faoliyatiga keng jalb etish, iqtidorli o‘quvchilar, talabalar va magistrantlarni qo‘llab-quvvatlash, hamda munosib taqdirlashga alohida e’tibor berib kelinmoqda.
Har yili davlat oliy ta’lim muassasalarida o‘qishi davomida a’lo baholarga o‘qiyotgan va ilmiy (ijodiy) ishlarda faol ishtirok etayotgan oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun O‘zbekiston Respublikasi davlat stipendiyalari tayinlanib kelinmoqda. Ushbu link orqali Davlat stipendiyalari nizomi bilan tanishib olishingiz mumkin.
"O‘zbekiston iqtidorli yoshlarini taqdirlash va moddiy rag‘batlantirish to‘g‘risida" Vazirlar Mahkamasining 226-son (13.10.2008) Qaroriga binoan, O‘zbekiston Respublikasi davlat oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat bo‘yicha o‘qiyotgan talabalariga quyida nomdagi Davlat stipendiyalari joriy etilgan. Bular:
Nomli davlat stipendiyalari bakalavriat bo‘yicha o‘qiyotgan oxirgi ikki kurs talabalariga tayinlanadi. Masalan, 4 yillik o‘qishda 3-4 kurslar, 6 yillik o‘qishlarda esa 5-6 kurs talabalariga tayinlanadi.
Davlat stipendiyalari soni kelgusi o‘quv yili uchun joriy o‘quv yili oxirida O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi taqdimnomasiga binoan Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Stipendiyalarni tayinlash uchun quyidagi mezonlarni bajarish belgilanadi:
Stipendiyaga sazovor bo‘lgan talabalarga maxsus guvohnomalar beriladi va talabalarning o‘qish joyida tantanali vaziyatda topshiriladi.
Davlat stipendiyasiga talabgorlar dastlabki ko‘rib chiqish uchun ilmiy kengashga quyidagilarni taqdim qiladilar:
Talaba oliygohda Iqtidorli talabalar bilan ishlash bo‘limiga hujjatlarni topshiradi. Barcha hujjatlar jildga tikilgan yoki papkaga joylangan holda taqdim etiladi. Muqovada davlat stipendiyasining nomi, talabgorning familiyasi, ismi va otasining ismi, fakulteti, kursi, guruhi ko‘rsatiladi. Talaba tahsil olayotgan oliygoh o‘zining talablaridan kelib chiqqan holda qo‘shimcha hujjatlar talab qilishi mumkin. OTM ma’muriyati ilmiy kengash qarori asosida stipendiya tayinlash haqida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga tavsiyanoma jo‘natadi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi stipendiyalar tayinlash haqidagi tavsiyanomalarni yiliga bir marta ko‘rib chiqadi. Ko‘rib chiqish muddati — 10—25-sentyabr.
Guvohnomalar talabalarning o‘qish joyida tantanali vaziyatda topshiriladi.
DIQQAT: Talabalarni kundalik darslarni o‘zlashtirmaganlik, o‘quv intizomini va ilmiy odob-axloqni buzganlik uchun o‘quv yili mobaynida davlat stipendiyalaridan mahrum qilish davlat oliy ta’lim muassasalari taqdimnomalariga binoan tegishli vazirliklar va idoralar buyruqlari bilan amalga oshirilishi mumkin.
ESLATMA: Davlat stipendiyalariga hujjat topshirmoqchi bo‘lgan talabgorlar shunga alohida e’tibor qaratishi kerakki, nomzodlar uchun qo‘yiladigan eng asosiy talab bu - ilmiy (ijodiy) ishlar hisoblanadi. Talaba bakalavr bosqichining dastlabki kursidan boshlab talaba ma’lum bir yo‘nalish va ilmiy (ijodiy) ustoz tanlab olish lozim. Shuningdek, tanlab olingan mavzu yo‘nalishida ilmiy (ijodiy) ishlarni puxta tayyorlab borish maqsadga muvofiq. Talabaning davlat stipendiyasiga munosib ekanligi asosan uning ilmiy ishlari belgilaydi. Shuning uchun ilmiy (ijodiy) ishlarga e’tibor qaratish eng muhim jarayonlardan hisoblanadi.
Tanlovda ishtirok etishni xohlovchi nomzodlar hujjatlar yig`ma jildini (bosma va elektron variantda) tahsil olayotgan oliygohi belgilagan sanagacha Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo`limiga taqdim etishlari kerak bo`ladi.